Rigsight
Maxfiylik siyosati
Yangilangan sana: 2026-yil 27-noyabr
01Biz kimmiz
Rigsight (rigsight.uz) fleet kompaniyalariga truck'larning pre-trip va post-trip tekshiruv rasm va videolarini AI yordamida tahlil qilish xizmatini ko'rsatadi. Ushbu siyosat qaysi ma'lumotlarni va nima uchun qayta ishlashimizni tushuntiradi.
02Qanday ma'lumot yig'amiz
Hisob ma'lumotlari (ism, email, rol, Telegram ID), fleet ma'lumotlari (truck, tirkama, biriktirishlar), tekshiruv fayllari (rasm, video) vaqt belgisi va haydovchi ruxsat bersa GPS joylashuvi bilan, shuningdek texnik log'lar. Demo so'rovlarida siz kiritgan aloqa ma'lumotlari bo'ladi.
03Qanday foydalanamiz
Hisobot va alertlarni yetkazish, kompaniyangizga kerakli tekshiruv arxivini yuritish, qo'llab-quvvatlash, hisob-kitob va aniqlikni oshirish uchun. Shaxsiy ma'lumotlarni sotmaymiz.
04AI orqali qayta ishlash
Rasmlar faqat hisobotlaringizni tayyorlash uchun shartnoma asosida AI model provayderlari tomonidan qayta ishlanadi. AI natijasi tavsiya bo'lib, uni doim inson tekshiradi.
05Saqlash muddati
Asl fayllar va tekshiruv yozuvlari kamida 3 oy (49 CFR §396.11), tarifga qarab 12 oygacha saqlanadi, keyin o'chiriladi.
06Xavfsizlik
Hamma joyda HTTPS, vaqtinchalik imzolangan havolali shaxsiy ombor, kompaniyalar ma'lumotining qat'iy ajratilishi, hash'langan parol va API kalitlar, asosiy amallar uchun audit log.
07Huquqlaringiz
Shaxsiy ma'lumotlaringiz, jumladan haydovchi ismlari va GPS ma'lumotlarini ko'rish, eksport qilish yoki o'chirishni hello@rigsight.uz manziliga yozib so'rashingiz mumkin.